Derdiyok yangi jamoasida ilk golini urdi

"Anqaragyuchu" Turkiya chempionati 2-divizionining 4-turida "Genchlerbirligi"ni mag'lub qildi.

E'tiborli jihati, anqaraliklarning 2-goli "Paxtakor"ning sobiq forvardi Eren Derdiyokning nomiga yozildi.


Eslatib o'tamiz, Derdiyok "Anqaragyuchu" tarkibiga 6 avgustda borib qo'shilgan edi. U klub libosidagi 4-o'yinida dastlabki golini urishni uddaladi.

Derdiyokning keyingi manzili va maoshini bilasizmi?


Manba: championat.asia