Depay "Yuventus"ga o'tishga rozi

Mirjalol Normatov
7 avg 2022, 18:33
"Barselona" futbolchisi Memfis Depay faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishga rozi bo'ldi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchining oldida "Tottenxem"dan ham taklif bo'lgan, ammo u "shporlar"ga rad javobini bergan.

Endi klublar barchasini o'zaro kelishib olsa bo'lgani. Turin klubi Memfisni ijaraga olmoqchi, biroq kataloniyaliklar uni sotib yuborish niyatida.

O'tgan mavsumda "Barselona" tarkibida Memfis 28 o'yinda 12 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es