Depay va de Yong qachon safga qaytadi?

Sherzod Nurmatov
27 sen 2022
OAV Niderlandiya termasi ixtiyorida jarohatlangan "Barselona" futbolchilari Memfis Depay va Frenki de Yongning taxminiy tiklanish vaqti haqidagi ma'lumotlarni chop etdi.

Avvalroq 28 yoshli hujumchi va 25 yoshli xavbek sonidan jarohat olgani ma'lum qilingan edi.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, Depay taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi, de Yong esa Chempionlar Ligasi doirasida 4 oktyabr kuni "Inter"ga qarshi o'yingacha safga qaytish imkoniyatiga ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport