Depay nima uchun "Yuventus"ga o'tmagani ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2022, 00:29
Niderlandiyalik futbolchi katta ehtimol bilan Kataloniya klubida qoladi.

"Barselona" vingeri Memfis Depay Kataloniya klubi qaroriga ko'ra "Yuventus"ga o'tmadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Byankonerlar" niderlandiyalik futbolchini faqat erkin agent sifatida qo'lga kiritishga tayyor edi. Biroq "ko'k-anorranglilar" futbolchini tekinga qo'yib yuborishdan bosh tortishdi.

Oldinroq "Yuventus" Depayga qiziqish bildirgani tasdiqlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira