Denni Uelbek 9 oy davomida jarohatini davolaydi

Narzulla Saydullayev
12 may 2016
"Arsenal"ning 25 yoshli hujumchisi Denni Uelbek tizzasini operaciya qildiradi, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Ushbu operaciyadan so'ng Uelbek 9 oy davomida maydonga tusha olmaydi. Futbolchi APL 37-turida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat olgandi. Shu tariqa, u Evropy-2016da ishtirok eta olmaydi va 2017 yil fevral oyida safga qaytishi kutilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com