Denisov va Afonin jamoalari o'rtasidagi bahs qoldirildi. Havo harorati -17

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018, 18:16
"Orenburg" hamda "Krilya Sovetov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 16-tur uchrashuvi bugun o'tkazilmaydi.

Ayni damda stadion markazidagi termometr havo harorati -17 ekanligini ko'rsatdi. Reglament bo'yicha, harorat -15dan past bo'lsa, jamoalardan biri o'yin o'tkazilishiga qarshi chiqishi mumkin. Klublar bu imkoniyatdan foydalanishdi va uchrashuv boshqa kunga qoldirildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalarda hamyurtlarimiz Vadim Afonin ("Orenburg") va Vitaliy Denisov ("Krilya Sovetov") to'p tepishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru