Denis Suares agenti: "Mijozim "Napoli"dan taklif olgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2017, 15:45
"Barselona" yarim himoyachisi Denis Suares "Napoli"dan taklif olgani yo'q.

Bu haqda uning agenti Feliks Grande ma'lum qildi.

"Biz "Napoli" yoki boshqa klubdan taklif olmadik. Denis "Barselona"dagi vazifalarini yaxshi uddalayapti, unda 5 yillik shartnoma bor va so'nggi bir necha oyda u o'sdi.

Denis asosiy tarkib futbolchisi emas, biroq tez-tez maydonga tushmoqda. Barcha futbolchilar ko'proq o'ynashni istaydi, lekin uning "Barselona"dagi ilk mavsumida shoshilmaslik lozim. Kelasi mavsum ko'proq o'yin amaliyoti bo'ladi" - deydi agent.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio CRC