

O'yin haqida
- Ilk navbatda barchani navbatdagi g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlar qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Principial jihatdan birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ikkinchi bo'limda esa, bilmadim, hisobdan kelib chiqibmi, hujumlarni yakunlashda biroz tashabbus yetishmadi. Raqib jamoa ham vaziyatlar yuzaga keltirdi, bosim uyushtirishdi. Ammo baxtimizga yakun biz uchun boshqacha bo'lmadi. Reja bo'yicha barchasi ko'ngildagidek o'tdi.
- Bugun jamoangiz juda qo'pol o'yin namoyish etgandek taassurot qoldirdi...
- Sizga shunday tuyulgandir. Menimcha, "Sho'rtan" futbolchilari ham haddan tashqari qo'pol o'yin ko'rsatishdi. Ehtimol, ularning futbolchisi birinchi bo'limda chetlatilishi kerak edi.



