Demichelis “Atletiko” bilan shartnoma imzoladi

11 iyul 2013, 17:46
Argentinalik himoyachi Martin Demichelis “Atletiko” bilan shartnoma imzolaganligini aytib o'tdi, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.

2010 yildan beri “Malaga” klubi sharafini himoya qilib kelayatgan Demichelis, shu yilning iyulida tugagan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.

“Men shunday omadli klubda o'ynashimdan juda xursandman. Men bor kuchimni ishga solib harakat qilaman va o'ylaymanki kelasi mavsum biz uchun yanada omadli bo'ladi”, - deydi futbolchi.

Ushbu mavsumda argentinalik futbolchi “Malaga” safida 31 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urishga erishgan.


Manba: sports.ru