Dembele "Valensiya"ga qarshi o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
8 okt 2021
"Barselona" vingeri Usmon Dembele jarohatidan forig' bo'lishga yaqin turibdi.

Francuz kelasi hafta boshida safga qaytadi va jamoaning umumiy guruhida mashg'ulot o'taydi. U "Valensiya"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

24 yoshli futbolchi jarohati sababli ushbu mavsumda hali maydonga tushmadi. So'nggi marta u iyun oyida rasmiy o'yinda qatnashgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal