Dembele nechi yoshida faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytdi
Mirjalol Normatov
17 noya 2024, 13:51
PSJ yarim himoyachisi Usmon Dembele qachon butsalarini mixga ilmoqchi ekanligini aytdi.
"Bridge" podkastiga ma'lum qilar ekan, shunday dedi:
"34 yoshda futbolni yakunlamoqchiman. Shundan keyin futbolni to'liqligicha tark etaman va biznes sohasiga o'taman. Fransiyada turib, Afrikaga investiciya kiritishni istayman", - dedi Dembele.