

RMC Sport"ning xabar berishicha, "Barselona" vingeri Fransiya 4-divizion vakili moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan "Evre"ga yordam qo'lini cho'zgan. Jurnalist Aleksandr Samsonning ma'lum qilishicha, Dembele taxminan 100 ming evro mablag'ni klub hisobiga o'tkazgan.
"Klub prezidenti Samyuel Brigantino va Evre shahri meri Gi Lefran sahiyligi va og'ir pallada klubga ko'rsatgan yordami uchun Usman Dembelega minnatdorchilik bildirishdi. Usman – klub tarbiyalanuvchisi va Evre shahri faxri hisoblanadi.
Usman klubni doim qo'llab kelgan va bugun, tarbiyachilarimiz hamda volonterlar yordamida, uning 700 nafar a'zosi zo'r sharoitlarda shug'ullanib, u bosib o'tgan yo'ldan o'tishlari uchun imkoniyat yaratishga o'z hissasini qo'shdi", – deyiladi "Evre" bayonotida.
Francuz avvalroq ham qadrdon klubi va shaharga yordam qo'lini cho'zgan. 2020 yil may oyida u koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va turli assotsiatsiyalar vakillarini moliyaviy jihatdan qo'llagan. O'sha yili u mahalliy xayriya tashkilotlariga qo'shilgan va yordamga muhtojlarni qo'llashda ishtirok etgan.
Usmon "Evre"da 7 yoshdan shug'ullanishni boshlagan. U klub tizimida 2010 yilgacha bo'lgan va keyin "Renn" klubiga ko'chib o'tgan.



