Dembele "Barsa" mashg'ulotlariga oshqozoni og'rib qolgani uchun kelmadi. Klub bu bahonaga ishonmayapti

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2022, 21:04
Klub futbolchini jazolaydi.

"Barselona" klubi hujumchisi Usman Dembele jamoaning bugun tongda o'tkazilgan mashg'ulotlariga kelmadi. Mashg'ulotdan so'ng, Xavi "Alaves"ga qarshi o'yin qaydnomasini e'lon qiladi. Dembele esa hamon ko'rinish bermasdi. Klub hodimlari futbolchiga qo'ng'iroq qilishganida esa Dembele qornida og'riq kuzatilayotganini ma'lum qiladi. 

Klub rasmiy sahifalarida ham futbolchining oshqozonida o'zgarish bo'lganligi, shu sabab Dembele mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgani ma'lum qilingandi. Ammo klub bu bahonalarga ishonmayapti. Jamoa shifokorlari futbolchini tekshirishganda unda hech qanday muammo aniqlanmagan. Shu sabab ham "Barselona" Usman Dembeleni bu ishi uchun jazolaydi. Hozirda bu ish klubning yuridik masalalar bo'limida o'rganilmoqda. Tez orada futbolchiga chora ko'riladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RMC Sport