

"Barselona" klubi yarimhimoyachisi Usmon Dembele klubda qolishi avvalroq xabar qilingandi. Endilikda, futbolchi imzo chekadigan yangi shartnoma shartlari ham ma'lum bo'ldi.
Diario Sport nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, Dembele "Barselona" bilan besh yillik yangi bitim imzolaydi. Futbolchi maoshining kamayishiga ham rozi bo'ldi. Usmonning klubda qolishida rol o'ynagan faktor futbolchining o'z istaklaridir. Futbolchining agentlari uchun esa Usman boshqa klubga o'tishi manfaatliroq edi.
Eslatib o'tamiz, Dembele joriy mavsumda La Liga doirasida 5 ta o'yinda maydonga tushib 2 ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi.



