Delf: "Manchester Siti" futbolchilari "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabani Mendiga bag'ishlashadi"

Aslanov Jasurbek
1 okt 2017, 18:14
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fabian Delf ALPning 7-turida "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Bu g'alabamizni jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan jamoadoshimiz - Mendiga bag'ishlaymiz. U bahsdan oldin bizga xabar yubordi. Bu kecha Mendi uchun o'ynadik.

"Chelsi" maydonida g'alaba qozonish juda qiyin. Bu mavsum boshidagi bizning eng og'ir uchrashuvimiz. Rejamiz bor edi va unga amal qilib, 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Bu endi boshlanishi ekanligini bilamiz" - deydi Delf.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com