"Manchester Siti" futbolchisi "Everton"ga o'tishga yaqin

Alisher
13 iyul 2019, 12:31
"Everton" "Manchester Siti" bilan Fabian Delf borasida muzokaralar olib bormoqda.

Muzokaralar yakunlanish jarayonida. Transfer narxi esa 9 million funt sterling atrofida baholanmoqda.

Delfning "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga etadi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Delf "Siti"ga 2015 yilda "Aston Villa" safidan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky