Dele Alli: "Mourinyu "Tottenxem"da ekanligidan mamnunman"
Tolibjon Qosimov
26 noya 2019, 18:06
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli "shporlar"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mourinyuning yutuqlari hammasini aytib turibdi. U ko'plab sovrinlar yutgan juda tajribali murabbiy. U bizning jamoaga kelganidan mamnunman. Hozircha kam muloqot qildik, lekin u juda ham yoqimli inson sifatida taassurot qoldirdi", - dedi Dele.