Del Boske: "Ukraina terma jamoasi qarshi hujumlarda juda xavfli"

Aslanov Jasurbek
27 mar 2015, 12:12
Ispaniya terma jamoai bosh murabbiyi Visente del Boske Ukrainaga qarshi Evro-2016 saralashi doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin, bu bahsdan nimalar kutayotgani haqida so'zladi.

"Zich o'yin namoyish etishga urinib ko'ramiz. Biz ko'proq hujum qilsak kerak, ammo raqib qarshi hujumlarda juda xavfli harakat qiladi. Ularda hujumkor futbolchilar etarlicha.

Buskets o'zini yaxshi his qilyapti. Uni maydonga chiqish borasida hech qanday muammo bo'lmaydi deb o'ylayman" - deydi del Boske.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com