De Yongning "Barselona"dagi kelajagi hali ham aniq emas

Alisher
20 iyul 2022, 17:17
"Barselona" hali xavbek Frenki de Yongning jamoada qolishiga ishonchi komil emas.

Jurnalist Elena Kondisning xabariga ko'ra, jamoa rahbariyati tez orada niderlandiyalik klubini o'zgartirishga qaror qiladi va transferga tayyor bo'ladi deb hisoblamoqda.

25 yoshli xavbek o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/helenacondis