De Yong "El Klasiko"da "Barselona"ning 5:0 hisobidagi g'alabasini yodga oldi

Mirjalol Normatov
18 dek 2019, 20:54
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki De Yong Ispaniya chempionati doirasida "Real"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu mening ilk "El Klasiko"im bo'ladi. Bundan juda xursandman. Bunga qadar "Klasiko"larni televizor orqali tomosha qilardim. Menga ko'proq Kamp Nou"da "Barselona" 5:0 hisobida g'alaba qozongani yoqqan. Biz har doimgidek o'yinni nazorat qilishni istaymiz. "Real" qay tariqa o'ynashini bilmayman. Biroq biz oldingi o'yinlarimiz kabi o'ynaymiz", - dedi De Yong.

"El Klasiko" bugun tunda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal