De Xeani o'rnini egallashi mumkin bo'lgan 6 nafar darvozabon

Aziz Tukhtamuradov
26 may 2015, 19:00
Ma'lumki, MYU darvozaboni David De Xeaga "Real" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Agar De Xea madridliklar safiga yo'l oladigan bo'lsa uni o'rnini kim egallashi mumkin?

Viktor Valdes. MYUning ikkinchi darvozaboni hisoblanadigan Valdes De Xea ketganidan so'ng "qizil iblislar" darvozasini qo'riqlash uchun asosiy nomzodlardan biri


Petr Chex. So'nggi vaqtlarda matbuotda chexiyalik posbon MYU safiga borib qo'shilishi borasida gap-so'zlar ko'paygan


Tim Krul. "Nyukasl"ning gollandiyalik darvozabonini manchesterliklarning bosh murabbiyi Lui van Gaal o'z tarkibida ko'rishga qarshi bo'lmasdi


Asmir Begovich. "Stok Siti" posboni ham MYU darvozasini ishonchli tarzda qo'riqlay oladi


Keylor Navas. De Xea "Real"ga, Navas esa "Manchester Yunayted"ga. Amalga oshish ehtimoli juda kam bo'lgan transferlardan biri


Ugo Loris. MYUningfransiyalik darvozabonga qiziqayotgani borasida matbuotda ko'plab xabarlar tarqaldi. Lekin, "Tottenxem" darvozabonni qo'yib yubormasa kerak


Sizning fikringizcha De Xea "Real" safiga yo'l oladimi? Agar u ketsa uning o'rnini kim egallaydi?


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia