De Xea: "Oldinga qadam tashlash uchun bazan og'riqni his qilish kerak"

Administrator
23 iyul 2022, 00:55
"Qizil iblislar" darvozaboni o'tgan mavsum haqida fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni David De Xea yakunlangan mavsumda klubga barqarorlik yetishmaganini, bazi o'yinlar fojeaga aylanganini ma'lum qildi.

"Hamma singari menga ham o'tgan mavsum juda qiyin bo'ldi. O'zimdan uyalib ham ketdim. Bazi o'yinlar fojea va tartibsizlikka aylanib ketdi. Shu sabab ham biz o'tgan mavsumdan xulosa chiqarishimiz kerak. Bu narsa qaytarilmasligi lozim. 

O'yinni 0:4 yoki 0:5 hisobida boy berish va g'alaba qozona olmaslik holatiga tushish og'riqli. Buni qabul qilib bo'lmaydi. Ammo oldinga qadam tashlash uchun bazan og'riqni his qilish kerak", -deydi David De Xea. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic