De Xea MYU bilan shartnoma uzaytirishni istamayapti

Aslanov Jasurbek
14 noya 2018, 13:34
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa darvozaboni David de Xea bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik posbon klub bilan muzokara o'tkazishni istamayapti, chunki u jamoaning natijalaridan mamnun emas. Agar tomonlar kelisha olishmasa, de Xea 2020 yilning yozida MYUni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. "Qizil iblislar" bu sanani kutmasdan, futbolchini katta pul evaziga sotib yuborishlari ham ehtimoldan holi emas.

De Xeaning mankunianlar bilan kelishuvi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, ammo unda kelishuvni bir yilga uzaytirish bandi mavjud. Oldinroq, darvozabon xizmatlariga PSJ va "Yuventus" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph