De Xea "Manchester Yunayted"da oy o'yinchisi

Tolibjon Qosimov
2 mar 2018
David De Xea "Manchester Yunayted"ning fevral oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabaro berdi.

Jamoaning tvitter sahifasida o'tkazilgan so'rovnomada ishtirok etganlarning 60%i o'z ovozlarini ispaniyalik kiperga berishgan. 21 foiz qatnashchi ovozini Skott Maktomineyga bergan bo'lsa, yana 19 % ovoz Romelu Lukakuga berilgan.

De Xea joriy mavsum bu sovrinni ilk bor qo'lga kiritdi. Quyida "Manchester Yunayted"ning joriy mavsumdagi oy futbolchilarini keltirib o'tamiz.

Avgust: Pol Pogba
Sentyabr: Antoni Marsyal
Oktyabr: Antoni Marsyal
Noyabr: Eshli Yang
Dekabr: Jessi Lingard
Yanvar: Antoni Marsyal


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com