

"G'alabali seriyamiz davom etyapti, o'tgan mavsumga nisbatan ancha o'sdik.
Bu g'alaba ko'p narsani anglatadi, chunki biz o'yinni nazorat qila oldik, ammo birgina vaziyat tufayli muhim futbolchimiz qizil kartochka oldi.
Ushbu vaziyat haqida hech narsa demoqchi emasman, chunki menda muammolar paydo bo'lishi mumkin.
Qiyin bo'ladi. Oldinroq Eriksensiz qolgandik, endi Kazemiro. Ammo tarkibimiz katta, hamma maydonga tushishga tayyor" - deydi De Xea.



