De Xea bilan ishlash uchun qo'shimcha murabbiy yollandi

31 dek 2020, 22:51
Bu haqida "Manchester Yunayted" klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

MYU rahbariyati jamoa darvozaboni David De Xea bilan ishlash uchun qo'shimcha murabbiy yolladi. "Byornli" klubi darvozabonlar murabbiyi Kreyg Mouson endi faoliyatini Manchestyerda davom ettiradi.

40 yoshli mutaxassis "qizil iblislar"ning darvozabonlar bo'yicha katta murabbiyi Richard Xartisga yordamlashishi mo'ljallangan. Mouson MYUda shu hafta ish boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com