

Saudiya Arabistoni jamoasi yozdan beri erkin agent bo'lib turgan David De Xea vakillariga aloqaga chiqqan. "Al Nassr" darvozabon uchun yiliga 30 million evro to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan, biroq ispaniyalik darvozabon bu taklifga yo'q deb javob bergan.
Ma'lumot uchun, De Xea "Manchester Yunayted"dagi 12 yillik faoliyatidan so'ng o'tgan yili yozda jamoani tark etgandi. Shundan beri ispaniyalik darvozabon erkin agent hisoblanadi.



