

Bunga De Rossining tizzasidan olgan jarohati sabab bo'lmoqda. Makedoniya bilan o'yin 6, Albaniyaga qarshi uchrashuv 9 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura yarim himoyachining faqat Makedoniyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishiga umid bildirmoqda.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, De Rossi terma jamoa mashg'ulot lagerini tark etishga ulgurgan. Saralash bahslari yakunlanishiga ikki tur qolgan bir paytda italiyaliklar guruh peshqadami Ispaniyadan 3 ochkoga ortda qolishyapti.




