De Rossi “Boka Xuniors”dan ketadi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yarim himoyachisi Daniele De Rossi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmaydi.

Italiyalik futbolchi Argentina klubida yarim yil to'p tepib, beshta uchrashuvda maydonga tushdi. “Roma”ning sobiq sardori katta ehtimol bilan faoliyatini tugatishga ahd qilgan.

Futbolchi o'z vaqtida “Roma” safia ikki bor Italiya kubogi va Superkubogida g'olib chiqqan. Shuningdek, De Rossi terma jamoasi safida 2006 yili Jahon chempionligiga sazovor bo'lgan.


Manba: Corriere dello Sport