De Ligt qachon safga qaytadi? Niderlandiya TJ ustozi javob berdi

Eldor Akmurzayev
12 iyun 2021, 19:45
Evro-2020 ilk turi doirasida Niderlandiya termasi ertaga Ukrainaga qarshi bahs olib boradi.

Bosh murabbiy Frank de Bur matbuot anjumani vaqtida jarohat olgan himoyachi Matteys De Ligtning holati bo'yicha ma'lumot berdi.

“Matteys Ukrainaga qarshi o'yinda ishtirok eta olmasa kerak. Agar vaziyat shuni talab qilganda, biz tavakkal qilgan bo'lardik, ammo hozircha bundan mano yo'q. U qachon qaytadi? O'ylashimcha, ikkinchi o'yinga aniq bo'lsa kerak”, deydi De Bur.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NU