De Ligt boshqa klubga o'tishi mumkin

Alisher
27 yanv 2024, 23:01
Matteys de Ligt PSJga o'tishi mumkin.

Parijliklar mudofaani kuchaytirishmoqchi va "Bavariya" bilan niderlandiyalikning transferini muhokama qilishdi.

Bitim tuzish imkoniyati past, bunga sabab Dayo Upamekanoning bir necha haftalarga yo'qotilishi va umuman klubning himoyachilar bo'yicha muammolarni boshdan kechirayotganidir.

Shu bilan birga, de Ligt Fransiya chempionlari qiziqayotgan futbolchilardan biridir.

Matteys joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport