De Bur "Inter"dan ketgani uchun 1,3 mln. evro tovon puli oladi

Aslanov Jasurbek
2 noya 2016
"Inter" sobiq bosh murabbiyi Frank de Bur klub bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun 1,3 mln. evro oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu mablag' 46 yoshli mutaxassisning bitimida belgilab qo'yilgan.

Frank de Bur joriy mavsum oldidan "Inter"ni qabul qilib olgan edi, ammo jamoa bilan 84 kun ishladi.

Vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini klub yoshlar jamoasi ustozi Stefano Vekki bajarib turadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport