De Bryuyneni "Manchester Siti" bilan bitim bandlari qoniqtirmaydi

Alisher
11 fev 2021
"Manchester Siti" rahbariyati belgiyalik pleymeyker Kevin de Bryuyne bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Yarim himoyachini "shaharliklar" taklif etayotgan shartnoma qoniqtirmayapti. De Bryuyne jamoadoshlaridan biriga klub unga hozirgi maoshidan kamroq miqdordagi bitimni taklif qilayotganini aytdi.

"Manchester Siti" va xavbek o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

De Bryuyne joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic