

Futbolchining o'yin oldidan ahvoli og'irlashgan va bir necha bor qayt qilgan. Daily Star nashrining ma'lum qilishicha, belgiyalik futbolchi o'yindan bir necha soat avval mehmonxonada tanovul qilgan taomidan zaharlagan. Shu sababli Kevin uchrashuvda ishtirok eta olmagan.
Eslatib o'tamiz, Real Madrid va Manchester Siti o'rtasidagi ilk uchrashuv 3:3 hisobida yakunlangandi. Javob uchrashuvi 17 aprel kuni Manchestyerda bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, Kevin De Bryuyne joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 14 ta golli uzatma bor.



