De Bryuyne FIFA va UEFAni tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
6 sen 2024, 19:30
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne zich futbol taqvimi haqida gapirdi.

"O'ylaymanki, klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini yakunlaganimizda muammo paydo bo'ladi. Bilamizki, klublar o'rtasidagi JCH finali va Premer-liganing birinchi kuni o'rtasida bor-yo'g'i uch hafta vaqt bor. 

Siz uch hafta dam olishingiz va yana 80 ta o'yinga tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. Balki bu yil hammasi yaxshi bo'lar, lekin keyingi yil muammolar chiqadi. Angliyadagi PFA (Professional futbolchilar assotsiatsiyasi – tahr.) va boshqa mamlakatlardagi futbolchilar assotsiatsiyalari muammoga echim topishga harakat qilishdi. 

Muammo shundaki, UEFA va FIFA qo'shimcha o'yinlar o'tkazmoqda. Biz nimadir deyishga harakat qilyapmiz, ammo hech qanday echim topilmayapti. Ular parvo ham qilmaydi. Pul gapiradi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe