De Bryuyne APL tarixidagi ikkinchi eng yaxshi assistentga aylandi

Sherzod Nurmatov
15 may 2024
Belgiyalik uchun katta yutuq.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga (2:0) qarshi o'yinda golli uzatmani amalga oshirdi. Bu o'yin futbolchi uchun ahamiyatli bo'ldi, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

Belgiyalik futbolchi Sesk Fabregasni ortda qoldirib, APL tarixidagi eng yaxshi ikkinchi assistent bo'lib oldi. De Bryuyne hisobida 112 ta golli uzatma bor. Faqat Rayan Giggz 162 ta golli pas bilan oldinda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano