Davron Mirzaev Tojikistonda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2014
Tojikistonning Istiqlol klubi 25 yoshli o'zbekistonlik hujumchi Davron Mirzaev bilan shartnoma tuzgani haqida xabar berdi.
O'zbekistonlik futbolchi Istiqlol bilan yil so'nggiga qadar shartnoma tuzdi.

25 yoshli Mirzaev klub bazasiga yetib bordi.

Davron Mirzaev 1989 yil 8 fevralida tug'ilgan. Paxtakor, Rubin, Nefteximik kabi klublarda faoliyat olib borgan.

2010 yil O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o'yinlarida qatnashgan.

2009 yil Misrda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fft.tj