Davron Isoqov "Sho'rtan"da o'ynaydi

Alisher
5 fev 2022, 18:50
PRO-Liganing tajribali hujumchilaridan biri bo'lgan Davron Isoqov o'ziga yangi jamoa topdi.

Avvalroq saytimizda futbolchining Qirg'iziston klubiga ko'chib o'tayotgani haqida xabar bergandik. 

Biroq 33 yoshli futbolchining legionerga aylanishi amalga oshmadi. Boisi unga G'uzorning "Sho'rtan" jamoasidan jiddiy taklif bo'ldi.  Tomonlar kelishuvga erishdi. Shunday ekan,  Isoqov joriy mavsumni voha klubida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun,  Davron Isoqov o'tgan yili "Buxoro" sharafini himoya qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia