

"Bahraynni juda yaxshi o'rganib chiqqandik. Ular ishtirokidagi video materiallarni ko'rib, ularni sinchikovlik bilan o'rgangan edik. Bahrayn ancha shakllangan, istalgan jamoaga uchun noqulay raqib bo'lishi mumkin. Muhimi o'zbekistonlik millionlab muxlislarga g'alabani taqdim etdik. Bugun o'z o'yinimni ko'rsata oldim deb o'ylayman. Qanotimdagi raqibni zararsizlantirishda ortiqcha muammoga duch kelmadim. O'yinimdan qoniqdim. Shu o'rinda stadionga kelgan barcha ishqibozlarga ajoyib muhim va chiroyli muxlislik uchun tashakkur bildiraman", - dedi Davron Hoshimov.



