Davron Hoshimov: "Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan xursandmiz"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2018, 00:46
O'zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan (2:0) so'ng, milliy jamoamiz himoyachisi Davron Hoshimov bahs haqida fikr bildirdi.

- Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Videolar orqali raqib o'yinini o'rgandik. Yangi murabbiy uslubini tushuntirishdi.
G'alaba qozonganimizdan, muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan xursandmiz. Navbatdagi o'yinlarda ishqibozlar yanada ko'proq bo'lishini xohlaymiz.


- Ektor Kuper hammani sinab ko'rmoqda. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushishingizni qachon bildingiz?
- To'g'risini aytsam, bahsdan 3 soat oldin asosiy tarkibda bo'lishimni bildim. Odil Ahmedov bilan bu haqida hazillashishga ham ulgurdik. Kuper boshchiligidagi terma jamoaga birinchi marta chaqirilganlar maydonga tushishga tayyor edilar.

- Bugungi bahsda KXDR juda kuchsiz o'yin namoyish etdi...
- Raqib kuchsiz ko'ringani bilan, o'yin ichidagi temp boshqacha bo'ladi. Buyog'i kuchsiz jamoa bo'lmaydi. Bu bahs Osiyo chempionatidan oldin tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia