

- Avvalo, futbolchilar, jurnalistlar va muxlislarni yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Bugungi o'yin ishqibozlarda yaxshi taassurot qoldirdi, deb o'ylayman. O'yin haqiqiy jangovor ruhda o'tdi. Ehtiroslarga boy bo'lgan o'yin bo'ldi. Bugungi uchrashuvga biz ham jiddiy tayyorlangandik. So'nggi yillarda “So'g'diyona” qo'qonliklar uchun noqulay raqib sanalib kelayotgandi. Bugun qo'qonliklar noxush ananaga chek qo'yishdi.
Mana shunday uchrashuvlarning ko'payishi chempionatimiz saviyasini oshishiga xizmat qiladi.




