Davlatov ikkinchi, O'rinboev uchinchi marta Osiyo chempionatiga chiqdi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2013, 13:02
Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga yo'llanma olganidan xabaringiz bor.
Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlari terma jamoasi safida Bobur Davlatov va Zabihillo O'rinboev navbatdagi bora Osiyo chempionatiga chiqishdi.

Bu ikki futbolchi 2012 yil Toshkentda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etishgandi. Bundan tashqari Zabihillo O'rinboev 2012 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etgandi.

Demak Davlatov ikkinchi marta, O'rinboev esa uchinchi marta qita chempionatiga yo'llanma olishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia