Davids Vlaxovichning "Yuventus"ga transferi haqida to'xtaldi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2022
Niderlandiya terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubi sobiq futbolchisi Edgar Davids Dushan Vlaxovichning "Fiorentina"dan 80 million evro evaziga "byankonerilar" safiga o'tgani haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Menga Vlaxovich yoqadi, lekin "Yuventus"ning libosi og'ir va "Fiorentina"nikiga o'xshamaydi. Endi uning futbolchi sifatidagi haqiqiy ko'rinishini ko'ramiz. "Yuve"da yanglishish mumkin emas. Hech kim sizni kumirga aylantirmaydi.

Boshqa jamoalarda o'ynasang, hammasi ancha osonlashadi. Ammo "Yuventus", "Milan" va "Inter"da o'ynash bu umuman boshqa masala", – dedi Davids. 

Vlaxovich joriy mavsumda A Seriyada 21 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juvefc.com