David Silvaning farzandi muddatidan oldin tug'ildi va har kuni yashash uchun kurashmoqda

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2018, 19:04
"Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silva jamoada yo'qligining sababini tushuntirdi.

"Men shu haftalar ichida sizdan olgan iliq so'zlar va sizning mexringiz uchun minnatdorchiligimni bildirishni xohlayman. Alohida minnatdorchilik mening holatimni tushunishgani uchun jamoadagi sheriklarim, murabbiylar va klubning barcha rahbarlariga.

Shuningdek, men o'g'lim Mateoning dunyoga kelgani haqida ma'lum qilmoqchiman. Afsuski, u muddatidan oldin tug'ildi va har kuni shifokorlar yordamida yashash uchun kurashmoqda", - deb yozib qoldirdi Silva tvittyerdagi sahifasida.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/21LVA