David Silva: "Hamisha "Las-Palmas" uchun o'ynashni xohlashimni aytganman"
Tolibjon Qosimov
13 sen 2018, 20:49
"Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silva faoliyatini "Las-Palmas"da tugatish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
"Men o'sha yerda o'sdim. Shartnoma bo'yicha yana ikki yilim qoldi. Ko'ramiz, ikki yildan so'ng o'zimni jismoniy jihatdan qanday his qilaman? Hamisha "Las-Palmas" uchun o'ynashni xohlashimni aytganman", - dedi Silva.