Messi va David Silva 2005 yildan beri ajoyib ko'rsatkich qayd etmoqda

Aziz Tukhtamuradov
12 yanv 2023
Lionel Messi Yevropaning top ligalarida 19 yildan buyon gol urib kelayotgan ikkinchi futbolchi bo'ldi.

PSJ hujumchisi Liga 1 doirasida "Anjer"ga qarshi kechgan o'yinda (2:0) gol urdi. 

2005 yildan buyon faqatgina ikki nafar futbolchi har yili Yevropaning yetakchi chempionatlarida gol urib keladi. Ular Lionel Messi va David Silva. 

Hozirda "Real Sosedad" sharafini himoya qilayotgan Silva 8 yanvar kuni "Almeriya" (2:0) darvozasiga gol urgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta