David Luiz "Adana Demirspor"da 4 mln evro maosh oladi

Alisher
30 iyul 2021, 14:34
Himoyachi David Luiz faoliyatini "Adana Demirspor"da davom ettiradi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

34 yoshli braziliyalik futbolchi 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi, uning maoshi yiliga 4 mln evroni tashkil etadi.

Luiz o'tgan mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira