Dasaev Evro-2016 saralashi qur'asida qatnashadi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2014
O'tmishning mashhur darvozaboni Rinat Dasaev Evro-2016 saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimida ishtirok etadi.
56 yoshli Dasaev UEFA prezidenti Mishel Platinidan taklif oldi.

U yordamida tadbirni yaxshi o'tkazmoqchimiz. Bundan tashqari futbol tarixi va uning rivoji yo'lida darvozabonlarning o'rni katta ekanligini ko'rsatmoqchimiz, - deb yoziladi UEFAdan kelgan rasmiy xatda.

Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash marosimi 23 fevral kuni Nicca shahrida bo'lib o'tadi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru