Darmian: "Ingliz Premer-ligasi - jahonning eng yaxshi chempionati"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2016, 16:41
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmianning so'zlariga ko'ra, u Premer-ligani jahonning eng yaxshi chempionati deb hisoblaydi.

"Premer-ligada uzoq qolishni istayman. Bu erga ko'chib o'tishim bilan hamma narsa o'zgardi, chunki yirik klubda to'p tepa boshladim, A Seriya esa - umuman boshqa chempionat. Angliyada kuproq jismoniy kuchga e'tibor qaratishadi, taktikaga esa kamroq. Fikrimcha, Premer-liga - dunyoning eng yaxshi chempionati. Tezkor va jismoniy kuch ko'p kerak bo'ladigan futbolga tezda ko'nikish lozim, men mahoratimni yanada oshirmoqchiman. Menga qulay bo'lish uchun jamoadoshlar va murabbiylar qo'lidan kelgan barcha ishni bajarishyapti, shu sababli hech qanday muammo yo'q" - deydi Darmian.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports