Darder: "Espanol" LaLiga g'olibi bo'lishga urinib ko'radi"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2018
"Espanol" yarim himoyachisi Serxi Darder klubning Ispaniya chempionatidagi rejalari haqida gapirib berdi.

Jamoa 9-turdan so'ng turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

"Bu mavsum biz uchun yaxshi yakunlanishiga umid qilyapmiz. LaLiga g'olibi bo'lishga urinib ko'ramiz. Bu 99,9%ga ilojsizligini bilib turibmiz, biroq oldimizga katta maqsadlar qo'yishimiz kerak" - deydi Darder.

"Espanol" keyingi turda "Valyadolid"ni qabul qiladi. Bu mavsum Kataloniya klubi 5ta g'alabaga erishdi, 2 marta durang qayd etdi va 2ta o'yinda mag'lub bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport English